Инфицированы

3000

Выздоровели

2438

Умерли

12

Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom regioni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi

#

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 mart kuni Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom regioni (ShUAR) xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoyning ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish, shu jumladan O‘zbekiston hududlari va ShUAR o‘rtasidagi amaliy aloqalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.